Главная » Статьи » Sherlar » YANGI YIL HAQIDA SHERLAR TABRIKLAR

Yangi yil 2019 yil uchun
Osmonlardan rang-barang zambaraklar mo'ralar,
Qong'iroqlar jarangi olam uzra taralar.
Yuzdagi tabassumlar quvonchlarni ulashar,
Ohangrabo sadolar davralarda qizishar.

Eshik qoqib sho'x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo'ldi yangi yil

Bu kechada barchamiz, mo'jizalar kutamiz,
Dilni charog'on aylab, zavqlik gashtin suramiz.
Tongacha o'yin-kulgu, raqslarga tushamiz,
Go'zal tilaklar aytib, qator-qator qo'shamiz

Eshik qoqib sho'x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo'ldi yangi yil.

Archalar bezatilgan, nozu ne'mat tortilgan,
Zebu zarlar har yonda, go'zal olam yoritilgan.
Iliq, shirin niyatlar, qadahlarda bitilgan,
Yangi yilning sevinchi yuraklardan otilgan.

Yusupova Zulfiya.
Категория: YANGI YIL HAQIDA SHERLAR TABRIKLAR | Добавил: azamat0777 (23.12.2018)
Просмотров: 50 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar